Butun oila uchun Omega-3
qulupnay-sitrus ta’mli jel shaklidagi pastillalar
- Yuqori miqdordagi Omega-3 yog‘ kislotalari.
- Sutkalik doza (2 ta jeleli pastilka) tarkibida 180 mg DHA mavjud
- Ajoyib qulupnay-sitrus ta’miga ega jeleli pastilkalar.
Aqlli odamlar shunday chaynaydi!
Yangi ishlab chiqarish texnologiyasi tufayli Doppelherz tizimi OMEGA-3 oilasi yuqori qiymatga ega bo’lgan EPA va DHA omega-3 yog‘ kislotalari hamda D vitamininini yuqori miqdorda meva ta’mli jeleli pastilkalar shaklida taqdim etadi. Ushbu shakli kapsulalarni yutishni yoqtirmaydiganlar uchun juda qulay.
Doppelherz tizimi OMEGA-3 oilasi:
- Yuqori miqdorda Omega-3 yog‘ kislotalari
- Kunlik miqdorda (2 jeleli pastilkalar) miyaning strukturaviy elementi bo’lgan DHA moddasi 180 mg miqdorda
- Kunlik miqdorda (2 jeleli pastilkalar) 276 mg yuqori qiymatga ega bo'lgan EPA omega-3 yog‘ kislotasi
- Kunlik miqdorda (2 jeleli pastilkalar) 10 mkg D vitamini
- Ajoyib qulupnay-sitrus ta’miga ega jeleli pastilkalar.
Doppelherz tizimi OMEGA-3 oilasi jeleli pastilkalar bilan butun oila osonlik bilan Omega-3 iste’molini ta’minlashi mumkin.
Maslahat: jeleli pastilkalar sovutilgan holda ayniqsa mazali bo‘ladi.
Omega-3 yog‘ kislotalari hayot uchun zarur
Omega-3 yog‘ kislotalari sog‘lom ovqatlanishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Afsuski, hamma ham bu uzun zanjirli polito‘yinmagan yog‘ kislotalarini yetarli miqdorda iste’mol qilmaydi. Bu butun oilaga taalluqli. Baliq kam iste’mol qilinadigan parhez, boshqa omillar qatori, EPA va DHA omega-3 yog‘ kislotalarining yetarli darajada qabul qilinmasligiga olib kelishi mumkin.
Omega-3 yog‘ kislotalarining asosiy turlari dokozageksaen kislota (DHA) va eykozapentaen kislota (EPA) bo‘lib, organizm ularni prekursorlarsiz mustaqil ishlab chiqara olmaydi. DHA Omega-3 yog‘ kislotasi miyaning normal faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu foydali ta’sirga kuniga 250 mg qabul qilish orqali erishiladi. Afsuski, bu qimmatli yog‘ kislotalari faqat ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi. Bu modda sardina, seld, skumbriya kabi yog‘li sovuq suvda istiqomat qiluvchi baliq turlarida mavjud. Muammo shundaki, bolalar haftada bir necha marta baliq iste’mol qilishni yoqtirmaydi.
D vitamini suyaklarning normal holatini va mushaklarning normal faoliyatini ta’minlashga yordam beradi. Shuningdek, u immunitet tizimining normal ishlashiga hissa qo‘shadi.
Doppelherz system Omega-3 mazali jeleli pastilkalar yordamida butun oila a’zolari Omega-3 ning zarur darajasini osonlik bilan saqlab turishlari mumkin.
4–5 yoshdagi bolalarga kuniga 1 ta yumshoq pastilkani chaynash tavsiya etiladi. 6 yoshdan katta bolalar, o‘smirlar hamda Omega-3 yog‘ kislotalari kam bo‘lgan parhezga amal qiluvchi kattalarga kuniga 2 ta yumshoq pastilkani chaynash tavsiya etiladi.
Ushbu oziq-ovqat qo‘shimchasini 4 yoshdan kichik bolalar iste’mol qilishi mumkin emas.
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda quruq joyda saqlang.
Baliq yog‘i konsentrati (tarkibida omega-3 yog‘ kislotalari mavjud), ksilitol, suv, sorbitol, jelatin (mol go‘shtidan), trinatriy sitrat, tabiiy xushbo‘ylantiruvchi modda, limon kislotasi, askorbin kislotasi, paprika ekstrakti, D vitamini.











