Vishillovchi tabletkalar A-Z
Multi vitaminlar + minerallar
- Sog'lik va yaxshi holatni saqlab qolish uchun
- 21 ta oziq modda
- С vitamini immun tizimning normal ishlashiga yordam beradi
- Ajoyib apelsin va marakuyi ta'miga ega tez eriydigan vishillovchi tabletkalar
Vitaminlar, minerallar va mikroelementlardan iborat vishillovchi tabletkalar

Minerallar va vitaminlarning optimal tushishi – organizmimizning yaxshi holati va ish qobiliyatining muhim sharti hisoblanadi.
Doppelgers faol A-Z multivitaminlar + minerallar vishillovchi tabletkasi diqqat bilan tanlangan vitaminlar, minerallar va mikroelementlarni o'z ichiga oladi. Oziq moddalar almashtirib bo'lmaydigan moddalardir, ya'ni bizning organizmimiz ularni o'zi ishlab chiqara olmaydi, ular muntazam ravishda va yetarli miqdorda oziq-ovqat bilan birga tushishi kerak.
Doppelgers faol A-Z multivitaminlar + minerallar tabletkasi ko'rinishidagi oziq-ovqat qo'shimchasini muvozanatsiz ovqatlanishda yoki oziq moddalarga ehtiyoj yuqori bo'lganda qabul qilish tavsiya etiladi.
Bir stаkаn suvdа (200 ml) eritilib, kunigа bir tаbletkаdаn ichilаdi.
Mahsulot tarkibiy qismlariga individual toqat qilmaslik, homilador va emizikli ayollar uchun tavsiya etilmaydi.
Eslatma
Shirinlashtiruvchi modda mavjud. Haddan tashqari iste’mol qilinganda ich ketish ta’sirini keltirib chiqarishi mumkin.
Olma kislotasi va limon kislotasi, natriy gidrokarbonati va natriy karbonati, kaliy digidrofosfati, kalsiy karbonati, magniy karbonati, sorbit, S vitamini (L-askorbin kislotasi), aromatizatorlar, kraxmal, natriy siklamati va natriy saxarinati, maltodekstrin, niatsin (nikotinamid), E vitamini (DL-alfa-tokoferil-atsetat), lavlagi sharbati kukuni, rux sulfat, pantoten kislotasi (kalsiy-D-pantotenat), B2 vitamini (riboflavin-5-fosfat-natriy), B6 vitamini (piridoksin gidroxlorid), B1 vitamini (tiamin gidroxlorid), A vitamini (retinil-atsetat), foliy kislotasi, kaliy yodati, biotin (D-biotin), xrom (III) xloridi, natriy selenati, natriy molibdati, K vitamini, D vitamini (xolekalsiferol), B12 vitamini (sianokobalamin).



