Multi-Vitamine Immun Family
Xar xil meva ta’mi bilan
- Immunitet va aqliy faoliyat uchun
- 11 ta vitamin + magniy, darhol ichishga tayyor, xar xil meva ta'mi bilan
- Butun oila uchun - bir shisha 25 porsiyaga yetadi
Vitamin B12, C va D immunitet tizimining normal faoliyatiga yordam beradi.
Agar ovqatlanish bir xil bo‘lsa, muvozanatli bo‘lmasa yoki maxsus hayotiy holatlarda, masalan, uzoq davom etadigan jismoniy va aqliy zo‘riqish yoki sovuq-yomg‘irli fasllarda, oziq moddalarga bo‘lgan ehtiyoj oshishi mumkin. Shuning uchun kattalar nafaqat o‘zlari, balki farzandlari uchun ham muvozanatli va sog‘lom ovqatlanishga e’tibor berishlari kerak.
Doppelherz aktiv Multi-Vitamine Immun Family 11 ta muhim vitamin va qo‘shimcha ravishda magniy mineralini taqdim etadi. U mazali xar xil mevali ta’mga ega bo‘lib, darhol ichishga tayyor. 1 shisha 25 porsiyaga yetadi.
Har kuni Doppelherz aktiv Multi-Vitamine Immun Family iste'mol qilish butun oilani qimmatli oziq moddalar bilan ta'minlaydi va sog’lom bo’lish, yaxshi his qilish uchun yordam beradi.

- Vitamin C va D immunitet tizimining normal faoliyatiga hissa qo‘shadi.
- Pantoten kislotasi normal aqliy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi.
- Vitamin B1, B2, B6, B12 va magniy normal energiya almashinuvida ishtirok etadi.
- Vitamin B12 va foliy kislotasi charchoq va holsizlikni kamaytirishga yordam beradi.
- Biotin, vitamin B1, B2 va B6 nerv tizimining normal faoliyatini ta'minlashga yordam beradi.
- Vitamin C va E hujayralarni oksidativ stressdan himoya qilishga yordam beradi.
- Vitamin A normal ko‘rish qobiliyatini saqlashga yordam beradi.
- Magniy va vitamin D suyaklarning sog‘lom bo‘lishini ta'minlaydi.
Doppelherz Multi-Vitamin Immun Family ichimligi kapsula iste'mol qilishda qiyinaladigan bolalar va kattalar uchun oziq moddalarni qabul qilishda yordam beradi.
4 yoshdan katta bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun — kuniga 10 ml. Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Flakonni ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatib oling!
Mahsulot tarkibiy qismlariga individual intoleransiya, homilador va emizikli ayollar, 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tavsiya etilmaydi.
Suv, shakar, magniy sitrati, apelsin sharbati kukuni, S vitamini, aromatizator, ksantan saqichi, E vitamini, kaliy sorbati, pantoten kislotasi, natriy benzoati, B1 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, A vitamini, karotinlar, foliy kislotasi, biotin, D vitamini, B12 vitamini.











