GIALURON + OPC 150
- 50 mg gialuron kislotasi va 150 mg OPC bilan
- C vitamini kollagenning normal shakllanishiga va terining ijobiy faoliyatigayordam beradi
- Rux va biotin teri normal holatini saqlashga yordam beradi
Gialuron va OPC (oligomer proantosianidinlar) bilan
C vitamini kollagen normal shakllanishiga va terining normal ishlashiga yordam beradi. Rux va biotin teri normal holatini saqlashga xizmat qiladi. C vitamini va rux, bundan tashqari, hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qiladi.
Bir dona kapsula Doppelherz system HYALURON + OPC 150 tarkibida 50 mg gialuron kislotasi + 150 mg OPC, 30 mg koenzim Q10, biotin va S vitamini, shuningdek rux mikroelementi mavjud.
Gialuron kislotasi organizm o'zi ishlab chiqaraigan modda hisoblanadi. U asosan fibroblastlar va boshqa maxsus biriktiruvchi to'qima hujayralarida mavjud bo'ladi.Kimyoviy nuqtai nazardan gialuron kislotasi shakar molekulalari zanjiridan iborat va u yana glikozaminoglikan deb ham ataladi.Gialuron kislotasining katta qismi terida joylashgan. Suvni bog'lovchi xususiyatlarga ega ushbu modda bo'g'in suyuqligining ham tarkibiy qismidir.
Kapsulalar qo'shimcha ravishda yuqori sifatli uzum danaklari ekstraktidan tashkil topgan. Bu 150 mg OPC bilan ta'minlaydi. OPC oligomer proantosianidinlarni bilddiradi. Ushbu ikkilamchi o'simlik moddalari (flavonoidlar) ayniqsa uzum danaklarida ko'p miqdorda mavjud. U yerda flavonoidlar urug'dagi uzum danagini zararkunandalardan himoya qiladi.Koenzim Q10 ubixinonlar guruhiga kiradi. "Ubi" old qo'shimchasi mazkur modda organizmning hamma joyida mavjudligini anglatadi.
Q10 ning asosiy qismi hujayralarning mitoxondriyalarida saqlanadi. Koenzim Q10 tanada o'zi hosil bo'lishi va oziq-ovqat bilan qabul qilinishi mumkin.
Teri o'z hujayralari bilan doimiy o'sish yoki yangilanish jarayoniga bo'ladi. Bu yerda rux normal hujayra bo'linishida ro‘l o'ynaydi. Biotin normal teri saqlanishiga va normal energiya almashinuvi uchun xizmat qiladi.
Har kuni 1 kapsuladan yetarli miqdordagi suyuqlik bilan chaynamasdan qabul qiling.
Homiladorlar, emizikli ayollar, o'smirlar va 18 yoshgacha bo'lgan bolalar mahsulotni iste'mol qilmasliklari lozim.
Juda kam hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Shu sababli gialuron kislotasiga intolerans mavjudligida uni qabul qilmang.
Kuniga 3,5 mg ruxdan ortiq miqdorda rux o'z ichiga olgan boshqa oziq-ovqat qo'shimchalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Gialuron kislotasi, uzum urug‘i ekstrakti (OPC bilan), jelatin (mol go‘shti asosida), S vitamini, koenzim Q10, oziq-ovqat yog‘ kislotalarining magniy tuzlari (agent), rux, kremniy dioksidi, temir oksidlari va gidroksidlari, biotin.











